телеграм канал Najot Ta'lim

Najot Ta'lim

10518 подписчиков @najottalim

💡𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 - zamonaviy kasblar markazi

📞𝗧𝗲𝗹𝗲𝗳𝗼𝗻: +998712001123

📲𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @najoteduadmin

Телеграм канал «Najot Ta'lim» @najottalim (10518 подписчиков). Добавлен в каталог 15 Октября 2020. Категория ❌ Не определено. Открыть в: Telegram | в web версии | Ссылка в каталоге: https://tgram.me/najottalim | Телеграм ссылка: https://t.me/najottalim

Похожие каналы

Мог Дома Сидеть

Мог Дома Сидеть @mogdomasidet

Что объединяет матчи Mиллуолла, Бристоль Роверс, Сeлтика, Суонси, дерби Касабланки, Галатасарая, Дин...

МозгоДром

МозгоДром @mozgodrom

🧠 Хочешь прокачать свой мозг и стать умным человеком? Каждый день публикуем интересные факты, голово...

Lawak Status💕

Lawak Status💕 @lawakstatus

Selamat Datang Ke Channel LawakStatus. Di channel ni anda akan dikongsikan dengan status berikut💕 ❤...

НОВОСТИ КОРОНАВИРУС⚡️⚡️⚡️

НОВОСТИ КОРОНАВИРУС⚡️⚡️⚡️ @novosti_koronavirus

Все новости, связанные с вспышкой нового коронавируса и не только Менеджер @alyastk...

Отзывы на канал @najottalim

Оставьте пожалуйста свой комментарий о телеграм канале «Najot Ta'lim».

Последние посты

Rent House — ijaraga uy berish va olishga yangicha yondashuv!

👀 Ijaraga uy qidirish
— ijarada yashashdan-da qiyinroq. Buni necha yillab uyma-uy koʻchib yurganlar yaxshi biladi. Ayniqsa, uy bozoridagi dallollarga chuv tushganlardan soʻrasangiz, dardlari bir doston boʻladi.

🚀 Birinchi JavaScript full stack web dasturlash guruhi bitiruvchisi Sardor Shodmonov yurtdoshlarimizning ana shu muammosiga oʻz yechimi bilan chiqdi. 9 oy davomida oʻrgangan bilim va koʻnikmalarini amaliyotda qoʻllab, “Rent House” dasturini ishlab chiqdi.

Loyihaga koʻra, ijaraga uy qidirayotgan odam u yaratgan ilovaga kirib, hududni, qancha narxda olishi mumkinligi hamda bir kishi uchun yoki oilaviy turishga kabi kategoriyalardan birini tanlaydi. Bu dasturning oʻziga xosligi shundaki, unda uy haqida izoh qoldirish yoki bildirilgan fikrlardan xabardor boʻlish mumkin!

Yaxshisi, ushbu videoni koʻring va batafsil maʼlumotni loyiha muallifining oʻzidan eshiting!

📌 YouTube: https://youtu.be/ehr_uSApWUQ

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, ushbu guruh 2019-yilning noyabr oyida JavaScript full stack web dasturlash kursining ilk guruhlarida taʼlim olishni boshlagan edi.

🔹 Eslatib oʻtamiz, 1 oydan soʻng ushbu taqdim etilgan loyiha natijalari boʻyicha kurs ishlari topshiriladi. Bizni kuzatib, natijalar bilan ham tanishib boring!

🌐 Bizning tarmoqlar YouTube Rent House — ijaraga uy berish va olishga yangicha yondashuv! 👀 Ijaraga uy qidirish — ijarada yashashdan-da qiyinroq. Buni necha yillab uyma-uy koʻchib yurganlar yaxshi biladi. Ayniqsa, uy bozoridagi dallollarga chuv tushganlardan soʻrasangiz, dardlari bir doston boʻladi.

🚀 Birinchi JavaScript full stack web dasturlash…

3.5K 16:26

Beshinchi full stack veb dasturlash kursiga darslar boshlandi

Veb dasturlash
ITning eng keng tarqalgan va ommabop, talab ham kundan-kunga oshib borayotgan yoʻnalishlaridan biri. Buni Najot Taʼlimga kelib tushadigan soʻrovnoma natijalaridan ham koʻrsa boʻladi.

🚀 Bu sohani egallash istagida boʻlgan yoshlardan iborat navbatdagi guruh darslariga start berildi.

Endi bu yoshlar 9 oy davomida haftada 5 kun 5 soatdan dars va amaliyot bilan mashgʻul boʻladilar. 9 oydan soʻng ularga 1 oy davomida real loyihalar bilan amaliyot oʻtash imkoni taqdim etiladi.

💪 Kursni tamomlab esa ixtiyoriy turdagi vebsayt va veb dasturlar yaratish, landing page'lar yasash, turli bloglar tuzish, internet do'konlar, turli vazifalarni bajaruvchi telegram botlari, umuman olganda, nafaqat saytlar balki, murakkab hisob-kitobga ega browserlar orqali ishlovchi amaliy dasturlarni ham ishlab chiqish ko'nikmasiga ega bo'ladilar.

🔥 Oʻquvchilarni kelajak sari tashlangan ilk qadami bilan qutlaymiz. Shu bilan birga ularga soʻnmas ishtiyoq, kuch-gʻayrat va sabr-toqat tilab qolamiz!

Fotogalareya bilan tanishish

Eslatma: Siz ham full stack veb dasturlash kursida taʼlim olib, shunday yoshlar qatorida boʻlishni istasangiz, keyingi guruhlar uchun roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin!

📲 Onlayn ro'yxatdan o'tish

👨‍💻 Administratorga yozish

📞
Tel: +998712001123

🌐 Bizning tarmoqlar Telegraph Beshinchi full stack veb dasturlash kursiga darslar boshlandi 📲 Onlayn ro'yxatdan o'tish 🧑🏻‍💻 Administratorga yozish 📞 Tel: +998712001123 Yangi filial manzili: Toshkent shahri, Xadra maydoni, Sebzor ko'chasi Mo'ljal: O'zbekiston davlat sirkining orqa tarafi, Milliy taomlar yonida.

3.4K 09:10

UK Express ishsizlik muammosini kamaytira oladimi?

😎 Bu loyiha bilan barcha kuryer boʻla oladi!
Hatto, mahallaning eng bekorchi bolasi ham bu dastur orqali bir-ikki soʻm pul ishlashi mumkin. Buning uchun u yetkazib beruvchi sifatida roʻyxatdan oʻtsa, kifoya.

U yashayotgan tuman yoki yaqin hududdan boshqa bir hududga biror buyumni yetkazib berishga ehtiyoj tugʻilsa, unga buyurtma kelib tushadi. U xohlasa taksi yoki avtobusda, istasa piyoda olib borishi mumkin. Qisqasi, bu loyiha orqali aholining ogʻiri yengil, ishsizlar yumushli boʻladi.

Loyihaning boshqa afzalliklari xususida birinchi JavaScript full stack web dasturlash guruhi bitiruvchisi Ulugʻbek Valiyev soʻzlab beradi.

📌 YouTube: https://youtu.be/Dn5FxceKVCU

🔹 Eslatib oʻtamiz, 1 oydan soʻng ushbu taqdim etilgan loyiha natijalari boʻyicha kurs ishlari topshiriladi. Bizni kuzatib, natijalar bilan ham tanishib boring!

🌐 Bizning tarmoqlar YouTube UK Express ishsizlik muammosini kamaytira oladimi? 😎 Bu loyiha bilan barcha kuryer boʻla oladi! Hatto, mahallaning eng bekorchi bolasi ham bu dastur orqali bir-ikki soʻm pul ishlashi mumkin. Buning uchun u yetkazib beruvchi sifatida roʻyxatdan oʻtsa, kifoya.

U yashayotgan tuman yoki yaqin hududdan boshqa…

3.2K 16:16

​​💥 Adobe'dan boom kolleksiya!

Dizayn sohasiga aloqador inson borki, Photoshopning imkoniyatlari bilan qiziqadi. Xoʻsh, Adobe Photoshopning yangi 2021-yilgi versiyasidan qanday yangiliklar joy oldi?

🔹 Avvalo, eski rasmni yangiday qilib berish funksiyasi qoʻshilgan. Bunda necha yillar oldin olingan foto sunʼiy intellekt yordamida xuddi hozir suratga olingandek qilib beriladi.

🔸 Undagi sunʼiy intellekt odamning yuz qismini kesishda, hatto, turmaklab qoʻyishga ham qodir ekan.

🔹 Qolaversa, osmonni tasvirlash imkoniyati qoʻshilgan boʻlib, quyosh botishini qanday rangda tasvirlashni xohlab, shu rangni chizib bersangiz, oʻzi tabiiydek oʻxshatib, ishni oxiriga yetkazib qoʻyar ekan.

Bu yangi versiya test rejimida taqdim etilgan. Biz faqat Photoshopning yangilangan imkoniyatlari haqida qisqacha gapirdik, xolos. Adobe'ning boshqa koʻplab yangiliklari haqida batafsil tanishishingiz uchun ushbu videoni ilindik!👇

📌 https://youtu.be/ROS9FstoCBQ

Aytgancha, grafik dizayn va UX/UI kurslariga qabul davom etmoqda. Shu kabi sunʼiy intellektning eng soʻnggi imkoniyatlaridan foydalanib, goʻzal sanʼat asarlarini yaratish va eng ommabop sohalardan birini egallash niyatingiz boʻlsa, hoziroq roʻyxatdan oʻting!

Bootcamp dizayn kurslari uchun ro'yxatdan o'tish

🧑🏻‍💻 Administratorga yozish

📞 Tel: +998712001123

🌐 Bizning tarmoqlar

3.0K 05:28

​​IT eshiklarini biz bilan oching!

Amerikalik buyuk ixtirochi Nikola Tesla “Ixtirochi oʻz aqlini ishga solgan holda yaratgan kashfiyoti nechogʻli yirik muvaffaqiyat qozonishini koʻrgan paytda yuzaga kelgan his-tuygʻuga teng keladigan biron bir boshqa kuchliroq hayajon boʻlmasa kerak”, degan edi.

🔥 Uning ixtirosi ham texnika va innovatsiya olamida, ham ekologik muammolarni hal qilishda ulkan inqilob boʻldi: elektromobillar hayotimizga kirib keldi. Shundan buyon uning bu ixtirosi IT olamiga qiziquvchilarni doim ilhomlantirib keladi.

Oddiy haqiqat shuki, Nikola Tesla ham sizu bizga oʻxshagan inson. Uning asosiy ustunligi doimiy izlanishda, oʻqish va harakatda boʻlganligidir.

🚀 Vaqti, imkoniyati, qiziqishi
va ishtiyoqi boʻlgan har bir inson oʻzi uchun imkoniyatlar eshigini ocha oladi. Buning uchun istak va harakatning oʻzi kifoya.

Darvoqe, Najot Taʼlimdagi ochiq darslar sizga bu borada yordam beradi. Galdagisi ertaga 25-oktyabr:

🔹 11:00 Grafik dizayn

🔹 12:30 Android dasturlash yo'nalishlaridan bo'lib o'tadi.

Ochiq darslarga ro'yxatdan o'tish

🧑🏻‍💻
Administratorga yozish

Keling, koʻring, savollaringiz bilan qatnashing. Sizni buyuk maqsadlar sari undovchi IT eshiklarini biz bilan oching!

🌐 Bizning tarmoqlar

2.8K 13:10

Dasturlashni oʻrganish davomidagi tushkunlikni qanday qilib yengsa bo'ladi?

ITʼning boshqa yoʻnalishlariga qaraganda dasturlashda tushkunlikka tushish holatlari koʻproq uchraydi. Bunga uni egallashga koʻp vaqt ketishi yoki kun boʻyi oʻtirishga toʻgʻri kelishi sabab boʻlishi mumkin.

👉 Xoʻsh, bu holatni qanday aylanib oʻtish mumkin?..

👉 “Josuslar koʻprigi” filmining dasturlashga qanday aloqasi borligini bilasizmi?

👉 Tushkunlikka tushib qolganda nima isteʼmol qilsa yaxshiroq?

👉 Kimlardan maslahat soʻragan maʼqul?

Bu savollarga berilgan qiziqarli va foydali maʼlumotlar ushbu videoda batafsil yoritib berilgan!

Video uchun havola: https://youtu.be/GpY3Ge5723k

🌐 Bizning tarmoqlar YouTube Dasturlashni oʻrganish davomidagi tushkunlikni qanday qilib yengsa bo'ladi? ITʼning boshqa yoʻnalishlariga qaraganda dasturlashda tushkunlikka tushish holatlari koʻproq uchraydi. Bunga uni egallashga koʻp vaqt ketishi yoki kun boʻyi oʻtirishga toʻgʻri kelishi sabab boʻlishi mumkin.

👉 Xoʻsh, bu holatni qanday aylanib oʻtish mumkin?..…

2.7K 16:26

​​🙋🏻 Design clubmi? Albatta, boraman!

Bugungi kunda dizaynerlarning shaxsiy faoliyatlarini yana-da takomillashtirish maqsadida sohaga befarq bo‘lmagan fidoyilar tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Soha vakillari orasida uchrab turadigan muammolarga oydinlik kiritish va ularni hamjihatlikda bartaraf etish uchun tashkil etilgan "Dizayn club" shular jumlasidandir.

✊🏻 Najot Ta'lim markazi mutlaqo bepul ravishda tatbiq etilayotgan ushbu loyiha haqida o‘zining xolis fikrlarini bildirib qoladi va ushbu loyihani mamnuniyat ila qo‘llab-quvvatlaydi.

Dizaynermisiz? Hamkasblaringiz bilan birgalikda dunyoqarashingiz, o‘z kreativlik mahoratingiz hamda sohaga oid bilimlaringizni oshiring, do‘stona raqobat sari intiling va loyihada ishtirok eting!

📌 Eslatib o‘tamiz, loyiha yuzasidan dastlabki uchrashuv: 25-oktyabr, 14:00 da, Yoshlar Press klubi binosida bo‘lib o‘tadi (A. Navoiy ko‘chasi, 11-uy).

Hurmatli dizaynerlar, portfolio olishni ham unutmang! 😊

🌐 Bizning tarmoqlar

2.9K 04:05

Hozirgacha Samarqand-u Buxoro va palovi bilangina mashhur bo'lgan mamlakatda qanday qilib IT hamjamiyati tuzildi?

👨🏻‍💻 Yosh, tajribali dasturchi GDG Tashkent ta'sischilaridan biri Sardor Islomov Rossiyaning vc.ru saytiga O'zbekistonda qisqa vaqt ichida IT hamjamiyati qurilgani, undagi qiyinchiliklar, jahon mutaxassislarining taklifni rad etgandan keyingi tushkunliklar va bu natijaga erishishda o'z yordamini ayamaganlar haqida eksklyuziv maqola tayyorlabdi.

Najot Ta'lim jamoasi ushbu maqolani o'zbek tiliga tarjima qilishga qaror qildi. Maqsadimiz yoshlarimizga kelajagimiz ularning qo'lida ekanligini eslatish va bu yo'lda IT sohasi unga maqbul yechim ekanligini ko'rsatish.

Maqola muallif tomonidan bevosita aktual mavzularga doir savollarga batafsil javob berilgan. Kiring, ko'ring, o'qing va o'zingiz uchun xulosa qiling!

Maqolani to'liq o'qish uchun havola: https://tgraph.link/GDG-10-24

📌 Xulosalaringizni albatta biz bilan bo'lishing! Telegraph Hozirgacha palov bilan mashhur bo'lgan mamlakatda qanday qilib IT jamiyatini tashkil qilamiz? Qanday qilib kichik, lekin juda ham shijoatli jamoa 4 yildan buyon, o'z atrofiga IT hodimlarini qamrashga harakat qilyapti, ular huddi internet, katta maosh va imkoniyatlar kabi orzuga o'xshaydi. Ammo biz taslim bo'lmaymiz.

2.4K 06:05

🔴 Live: Android dasturlash haqidagi tushunchalaringizni kengaytiring!

Aytishlaricha, dasturchilar dunyodagi eng dangasa odamlar hisoblanar ekan. Chunki ular hayotni yana-da yengillashtirish ustida bosh qotirib, turli dastur va platformalarni yaratar ekan.

🔹 Bu gap qanchalik haqiqatga yaqinligini bilmadig-u, lekin turli dasturlar, innovatsion loyihalar hayotimizga yengillik berishi bor gap.

Xoʻsh, veb dasturlashni bilgan oʻquvchi android dasturlashni tez oʻzlashtirib keta oladimi? Android dasturlash kursida qaysi dasturlash tillari oʻrgatiladi? Uni oʻzlashtirishga necha oy vaqt ketadi?

Ushbu savollarga javoblar quyidagi linkda!👇👇👇

https://youtu.be/tNID4E6NX28

🌐 Bizning tarmoqlar YouTube Android Dasturlash | Ochiq Dars Najot Ta'lim markazining telefon raqami: +998712001123

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

2.2K 08:08